Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos futbol tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi germaniyalikka aylandi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
26 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan 2022-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, uning yillik maoshi 20 million yevro qilib belgilandi. Avvalroq u yiliga 10,9 million yevro daromad olardi.
Oldinroq yarim himoyachi yangi shartnomadan 120 million yevro ishlab olishi ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgandi.
Kroosdan keyin eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatidan “Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller (15 million yevro), “Manchester Yunayted” xavbeki Bastian Shvaynshtayger (14 million yevro) va “Manchester Siti” a’zosi Ilkay Gyundogan (12 million yevro) joy olgan.
Izoh (0)