JCh—2018 3-saralash bosqichidan joy olgan Eron — Janubiy Koreya o‘yinida mehmonlar forslar darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmadi.
Uchrashuv eronlik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan edi.
Janubiy Koreyadan oldinroq O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi o‘yinda forslar darvozasi tomon birorta ham aniq zarba bera olmay, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Eron JCh—2018 3-saralash bosqichida ishtirok etayotgan 12 mamlakat orasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab kelayotgan yagona jamoa hisoblanadi. Saralashni Qatar ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan Karlush Keyrush jamoasi, 2-turda Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.
Izoh (0)