Milliarderlar soni bo‘yicha Xitoy yana AQShdan o‘zib ketdi va ular orasidagi tafovut o‘sib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Shanxayning Hurun nashri 18 yildan beri e’lon qilib kelayotgan milliarderlar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingining joriy yilgi versiyasida ko‘rsatilishicha, XXRda 594, AQShda 535 milliarder bor.
Xitoy reytingi boshida Dalian Wanda guruhi asoschisi Van Szyanlin 32,1 milliard dollar ko‘rsatkich bilan turibdi. Ikkinchi o‘rinni esa Alibaba asoschisi Jek Ma 30,6 milliard dollar ko‘rsatkich bilan egalladi.