Yevropaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatori 2018-yilda Eutelsat 5 West B sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqish uchun Rossiyaning “Proton-M” tashuvchi raketasini tanladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sun’iy yo‘ldosh o‘lchamlarining kichraytirilishi uni International Launch Services kompaniyasining ‘Proton-M’ tashuvchi raketasi yordamida MEV-1 kosmik apparati bilan birga uchirish imkonini beradi”, — deyiladi kompaniya tarqatgan matbuot xabarnomasida.
Apparat 2018-yilda uchirilishi rejalashtirilgan. Eutelsat 5 West B orbitada ishlayotgan Eutelsat 5 West A’ning o‘rnini egallaydi. Apparatni Yevropaning Airbus Defence and Space hamda AQShning Orbital ATK kompaniyalari tayyorlaydi.