Portugaliyada investitsion iqlimning yomonlashuvi va iqtisodiy o‘sishning pasayib ketishi Yevropa Ittifoqi rasmiylarini mamlakatda 2011-yilgi kabi qarz inqirozi boshlanishidan xavotirga tushishga majbur qilmoqda. O‘shanda mamlakatga chetdan yordam talab etilgan edi, deb eslatadi “Interfaks”.
Sentabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi tahdidlarning kuchayganini, bu Portugaliyani davlat qarzini uzish imkoniyatidan mahrum qilayotganini aytib o‘tgan edi.
Germaniyalik siyosatchilarning fikricha, yil davomida Portugaliyada soliq-budjet siyosatining yumshatilishi yangi inqiroz ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.