Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida 11-oktabr kuni Tashkent Challenger–2016 tennis turnirining birinchi davra uchrashuvlari davom ettirildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
ATP reytingida 521-o‘rinda borayotgan 22 yoshli o‘zbekistonlik Sanjar Fayziyev ilk davrada rossiyalik taniqli tennischi, dunyo reytingida 97-o‘rinda borayotgan 26 yoshli Yevgeniy Donskoyga qarshi kortga chiqdi. Keskin va murosiz kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4:6, 6:3, 7:6 hisobidagi irodali va sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Juftlik bahslarining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin (125-o‘rin) yakkalik bahslari ilk davrasida fransiyalik Gleb Saxarovga (285-o‘rin) qarshi bahs olib bordi va 6:3, 6:3 hisobida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
Avvalroq o‘zbekistonlik tennischilardan Jo‘rabek Karimov, Shonig‘mat Shofayziyev va Humoyun Sultonov birinchi davrada mag‘lubiyatga uchragani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)