2016-yilning 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi rahbari Sasha Graumanni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sasha Grauman o‘zining O‘zbekistonga tayinlanishi to‘g‘risidagi YuNISEF ijrochi direktori Entoni Leykning xatini vazirga topshirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat chog‘ida 15-aprelda imzolangan 2016–2020-yillarda YuNISEFning O‘zbekistonga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.
Izoh (0)