Yaponiya hukumati ekspertlari imperator Akixito o‘z niyatiga ko‘ra taxtdan voz kechgan taqdirda qanday nom olishi ustida o‘ylamoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Monarx hozirgi unvonidan judo bo‘ladi, ammo oddiy nafaqaxo‘rlar qatoriga baribir qo‘shila olmaydi.
Akixitoning maqomi va yangi unvoni haqidagi masala hukumat qoshidagi maxsus komissiya tomonidan hal etiladi. Komissiya 17-oktabrdan yig‘ilishlarini boshlaydi.
1947-yildan amalga kirgan imperatorlik oilasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, monarx o‘z ixtiyoriga ko‘ra taxtdan voz kecha olmaydi, taxt vorisi faqat hukmdorning o‘limidan so‘ng uning o‘rnini egallashi mumkin. Ammo 82 yoshli Akixito avgust oyida hayotligida unvonidan va maqomidan voz kechish niyatida ekanligini aytgan edi.
Izoh (0)