Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi, Venchjou shahrida to‘rtta turar-joy binosining qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Vayronalar ostidan 15 kishi qutqarib olindi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea joyiga yetib kelgan komissiya binolar mahalliy aholi vakillari tomonidan qurilib, ishchilarga ijaraga berilganini aniqladi.
Qutqaruv operatsiyasida bir necha yuz kishi ishtirok etmoqda.