O‘tgan dam olish kunlari Chechenistonda Ahmat Hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondi 20 dan ortiq to‘y tashkil etib berdi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Shu dam olish kunlari Checheniston Respublikasida 42 yosh inson hayotida quvonchli voqealar bo‘ldi. Rossiya Qahramoni Ahmat Hoji Qodirov nomidagi MJF va tuman ma’muriyatlari rahbarlari ko‘magida 21 yigit va 21 qiz oila qurishga muvaffaq bo‘ldi. To‘ylar Nojay-Yurt va Gudermes tumanlarida bo‘lib o‘tdi”, — deb yozdi Qodirov.
Uning so‘zlariga qaraganda, oktabr oyining boshidan beri Chechenistonda fond va tuman ma’muriyatlari ko‘magida 64 ta yangi oila qurildi.