Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoning jahon chempionati ishtirokchilarini ko‘paytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda L’Equipe nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Yaqinda Infantino bilan uchrashuvim bo‘ladi. Hozircha uning JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi menga yoqyapti”, – dedi Maradona.
Janni Infantino bir necha bor JCh ishtirokchilari sonini 32 tadan 40 tagacha yetkazish haqida ma’lum qilgandi. 3-oktabr kuni esa FIFA prezidenti nufuzli turnir ishtirokchilari 48 taga oshirilishi mumkinligini aytgandi.