BMT Bosh Assambleyasi Guterrishni bosh kotib etib tayinlash masalasini 13-oktabr kuni ko‘rib chiqadi

BMT Bosh Assambleyasi 13-oktabr kuni Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni besh yil muddatga tashkilot bosh kotibi etib tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda, Bosh Assambleya 71-sessiyasi raisi Piter Tomsonning rasmiy saytida xabar qilindi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Uning sahifasida joylashtirilgan, BMTga a’zo 193 davlatga yo‘llangan maktubda aytilishicha, yig‘ilish 13-oktabr kuni, Nyu-York vaqti bilan soat 10:00 da o‘tkaziladi. Maktubga yig‘ilishda qabul qilinadigan rezolyutsiya loyihasi ilova qilingan. Hujjatga ko‘ra, Antoniu Guterrish 2017-yil 1-yanvardan bosh kotiblik lavozimiga kirishadi hamda 2021-yil 31-dekabrda uning vakolati tugaydi.

Amaldagi bosh kotib Pan Gi Munning vakolati shu yilning 31-dekabr kuni nihoyasiga yetadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing