Afg‘oniston sharqidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga “Tolibon” jangarilari tomonidan uyushtirilgan qator hujumlar oqibatida bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uch nafar jangari yo‘q qilindi.
Lag‘mon viloyati ma’muriyatining ma’lum qilishicha, hujumlar Mextarlam shahri chetidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga uyushtirilgan. Yaralanganlarning o‘n nafari — tinch aholi vakillari, ular orasida bolalar ham bor. O‘z navbatida, o‘ldirilgan jangarilarning ikki nafari mahalliy toliblarning yetakchilari ekanligi aytilmoqda.