“Barselona” va “Bavariya” futbol klublarining sobiq, “Manchester Siti” jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida eng kam yuguradigan futbolchi ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Ispaniyalik mutaxassisning Messi haqidagi fikrlari ispaniyalik jurnalist Marti Perarnau tomonidan yozilgan “Pep Gvardiola. Metamorfoza” kitobida keltirilgan.
“Messi raqib jamoa jarima maydonchasiga yaqinlashayotganida unga e’tibor bering. U xuddi sayr qilayotgandek tuyuladi. Uni ta’qib qilishadi, ammo u o‘zini himoyalangandek his qilmaydi. U jarima maydonchasiga kirib, raqiblaridan uzoqlashadi. Leo o‘yinni yurib o‘tkazadi va barcha holatni rentgen singari suratga oladi.
Messi – Ispaniya chempionatida eng kam yuguradigan futbolchi. U to‘pni qabul qilganida rentgen kabi olgan xayoliy suratlari bilan vaqt va bo‘shliqlarni chamalaydi. U boshqalar qayerda joylashganini ko‘radi va harakatlarni amalga oshiradi”, – deya fikr bildirdi Gvardiola.