YouTube xostingidagi RealLifeLore kanaliga turli atom portlashlari, shu jumladan, eng kuchlilari tahlil qilingan video joylashtirildi. Video mualliflari yadro zarbasidan chiqadigan energiya, yuzaga kelgan bulut balandligi hamda vayronalarning ko‘lamiga baho berdi.
Xirosimadagi yadro bombasining quvvati 15 ming tonna trotil kuchiga teng bo‘lgan. 1970-yillarda ishlab chiqilgan B83 termoyadroviy snaryadning sinovida ajratilgan energiya miqdori 1,2 million tonna trotilga teng bo‘lgan. Bulut balandligi esa 20 kilometrgacha yetgan.
Sobiq ittifoqning “Bomba podshosi” yadro zarbasidan so‘ng bulut 50 kilometrgacha yetib, stratosfera qatlamigacha ko‘tarilgan.
Video mualliflari, shuningdek, turli mamlakatlarning yadro quroli zaxirasini taqqosladi. Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq jangovar kallakka ega bo‘lgan Rossiya bu borada rekordchi hisoblanadi.