O‘zbekistonda 9-oktabr kuni havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +30 darajadan oshmadi. “O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahrida havo harorati aynan +30 darajaga ko‘tarilgan.
9-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha eng salqin havo, odatdagidek, mamlakatning tog‘li hududlarida qayd etildi — Qamchiq dovonidan havo harorati +14 darajadan, Chimyonda esa +16 darajadan oshmadi.
Shu kuni kunduzi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida eng yuqori havo harorati quyidagicha bo‘ldi: Nukus, Urganchda +21 daraja, Toshkent, Andijon, Namanganda +25 daraja, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Guliston, Farg‘onada +26 daraja, Navoiyda +27 daraja, Qarshida +28 daraja, Termizda +29 daraja.
10-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekiston yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past darajasi quyidagicha bo‘ldi: Gulistonda +4 daraja, Nukus, Urganchda +6 daraja, Buxoro, Jizzaxda +7 daraja, Andijonda +9 daraja, Toshkent, Termiz, Farg‘onada +10 daraja, Navoiy, Qarshida +11 daraja, Samarqand, Namangan +12 daraja.