Liviya milliy birdamlik hukumati tarafdori bo‘lgan qo‘shinlar tomonidan Sirtdagi qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida 70 dan ortiq IShID jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
LANA agentligining bildirishicha, 8-oktabr, shanba kuni terrorchilar o‘rnashib olgan qator marralar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatildi. Sirtdan qochishga uringan 72 jangari Zuaua tumani hududida o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.