Polshalik mashhur teatr va kino rejissori Anjey Vayda 9-oktabr kuni kechqurun 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda TJournal ma’lum qildi.
Vayda tomonidan “Kul va olmos”, “Temir odam”, “20 yoshda muhabbat” va “Danton” kabi filmlar suratga olingan.
U turli yillarda “Sezar”, “Oskar”, shuningdek, Kann, Venetsiya va Berlin kinofestivallarining mukofotlariga loyiq deb topilgan.