Isroilning Quddus shahrida 9-oktabr, yakshanba kuni ertalab politsiya boshqarmasi atrofida, tezyurar tramvay bekati yaqinida hujum uyushtirildi: 39 yoshli falastinlik avtomobilidan o‘tkinchilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
U jami 6 kishini yaralagani bildirilmoqda. O‘tkinchi ayol og‘ir holatda kasalxonaga yetkazildi va shu yerda olamdan o‘tdi.
Jinoyatchi hodisa joyidan yashirinishga harakat qildi, biroq politsiyachilar mototsiklda uni quva ketdi. Falastinlik ular orasida bo‘lgan politsiya xodimasiga o‘q uzib, yaraladi (keyinchalik bu ayol ham kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi).
Javob o‘qi bilan jinoyatchi otib o‘ldirildi. HAMAS mazkur hodisani “intifadaning davom etishi” deb baholagani ta’kidlanmoqda.