Ilk maosh, ilk ish haqi — ko‘pchilik kishilar uchun yoddan chiqmas bir voqea. Ma’lum bir moddiy rag‘batlantirishga loyiq ko‘rilgan birinchi ishini aksariyat odamlar o‘zgacha bir zavq bilan yodga oladi.Jurnalist Feruz Muhammad bugun o‘zbek kinosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli aktrisalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularning ilk gonorarlari miqdori qancha bo‘lgani bilan qiziqdi.
Aktrisa Jamila G‘ofurova
Adashmasam, 2012-yili “Dilxiroj” nomli filmdagi rolim uchun bugungi kun holatiga ko‘ra taxminan 400 ming so‘mga teng birinchi gonorarimni olganman.
Aktrisa Sevara Soliyeva
2009-yilda suratga olingan “Poyma-poy” nomli filmdagi rolim uchun 800 ming so‘m atrofida gonorar olganman.Aktrisa Zuhra Soliyeva
2007-yilda suratga olingan “Boyvachcha” filmidagi ijroim uchun 50 ming so‘m gonorar olganim yodimda...Aktrisa Nargiza Abdullayeva
1998-yilda “Charxpalak” serialidagi rolim uchun 300 ming so‘m gonorar olganman.Aktrisa Sitora Alimjonova
Birinchi o‘ynagan filmimdan olgan gonorarim esimda yo‘q. 2012-yilda suratga olingan “Koreyalik kelin” nomli filmdagi rolim uchun esa 2,5 million so‘mga yaqin gonorar olganman — bu faoliyatimdagi ikkinchi kino edi.Aktrisa Shahlo Temirova
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Chaqaloqlar” qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushganim uchun 2 million so‘mga yaqin gonorar olganman.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.