Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio 8-oktabr kuni Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida sahifa ochdi. Sahifa ochilishi bilan foydalanuvchilar artistga memlar yubora boshladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Salom, Xitoy! Bu men, Leonardo”, — deyiladi sahifadagi birinchi xabarda. Bu so‘zlar 700 mingdan ortiq “layk” to‘pladi.
Shundan so‘ng foydalanuvchilar aktyorga o‘zi haqidagi memlar va fotoshoplarni yo‘llay boshladi. Ayrim foydalanuvchilarga rasmlar ma’qul tushdi, boshqalar esa hazil tarzida ular tufayli taniqli aktyor tarmoqni tark etishi mumkinligini aytdi.
“Xayr, Xitoy!”, — deb hazillashdi foydalanuvchilardan biri.