Rossiya prezidenti Vladimir Putin Butunjahon energetika kongressida ishtirok etish maqsadida Istanbulga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida u, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Kongress 9–13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Gazeta.ru” Putinning Su-24 halokatidan so‘ng Turkiyaga uyushtirgan birinchi safaridan fotolavhalar taqdim etdi.