7-oktabr kuni Estoniya va Finlyandiya ishchi doiralari vakillari O‘zbekiston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida “Angren” MIZga tashrif buyurdi. Bu haqda “Angren” MIZ matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida “Angren” MIZ direksiyasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda direksiya rahbariyati maxsus industrial zona imkoniyatlari, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish uchun davlat tomonidan olib borilayotgan ishlarni namoyish etdi.
Ishchi doiralari vakillari tomonidan O‘zbekistonda infratuzilma va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi hamda O‘zbekiston va Estoniya korxonalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehmonlar Xalqaro logistika markazi va “Angren quvur zavodi” unitar korxonasining faoliyati bilan tanishdi.