Buyuk Britaniyada alpinist orollardagi eng baland hisoblanmish Ben-Nevis tog‘idan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda, politsiya ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikki alpinist Ben-Nevis cho‘qqisiga chiqishga uringan, ammo bu urinish fojia bilan yakunlangan.
7-oktabrdan 8-oktabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan qutqaruv operatsiyasida qirollik harbiy-havo kuchlari va tog‘-qutqaruv xizmati xodimlari ishtirok etdi. Ikki alpinist qutqarib olindi, ammo ulardan biri keyinchalik jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.