Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida avtobus yo‘lovchilari o‘quvchi qizga uni ta’qib etayotgan erkakdan qutulishga yordam berdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Voqea guvohining so‘zlariga qaraganda, u 2016-yilning 8-oktabrida uyga qaytayotib, o‘quvchi qizchaning bor kuchi bilan odamlar bor trassaga chiqib olishga urinayotganligiga guvoh bo‘lgan. Uni ta’qib etayotgan erkak esa uni chuqurga tortishga uringan.
Bunga guvoh bo‘lgan haydovchi avtobus ni zudlik bilan to‘xtatgan. Barcha yo‘lovchilar qizchaga qarab yugurgan.
Yo‘lovchi yigitlar ta’qib etayotgan kishining ortidan yetib olib, uni do‘pposlagan. Keyin esa politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan.