AQSh sohil qo‘riqlash xizmati Dominikana Respublikasi yaqinidagi kemadan qiymati 36 million dollarga teng 1 400 kilogrammdan ortiq giyohvand moddani musodara qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, qo‘riqlash xizmati xodimlari Dominikana Respublikasining San-Pedro-de-Makoris shahridan 72 kilometr uzoqlikdagi kemada giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanayotgan 4 kishini qo‘lga oldi.
Sohil qo‘riqlash xizmati xodimlarining ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlar Venesuela va Dominikana Respublikasi fuqarolari bo‘lgan.