Afsonaviy bokschilardan biri — amerikalik Floyd Meyvezer bilan 5 yillik shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov 8-oktabr, shanba kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan Sin City Showdown boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
27 yoshli andijonlik bokschi uchun bo‘lajak jang professional ringdagi yettinchisi bo‘ladi. Hozircha uning hisobida 5 g‘alaba va 1 durang bor. Sanjar Rahmonovning bu safargi raqibi 23 yoshli AQShlik Jonatan Daynong bo‘ladi. Bu bokschi professional ringda o‘tkazgan 5 jangning barchasida zafar quchgan.
Mayweather Promotions kompaniyasi bilan hamkorlik qilatgan o‘zbekistonlik bokschiga Dyui Kuper murabbiylik qilmoqda. Ushbu murabbiy, shuningdek, birinchi og‘ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Beybut Shumenov va WBO versiyasi bo‘yicha chempion Jessi Vargas bilan hamkorlik qiladi.
Izoh (0)