Samsung Electronics kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida keladigan operatsion daromad taxminan 7,8 trillion vonani (qariyb 7 milliard dollar) tashkil etishini kutmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu tariqa, kompaniya, Galaxy Note 7 smartfonlarini nuqson tufayli qaytarib olayotganiga qaramay, yillik ko‘lamda 5,55 foizga daromad o‘sishini rejalashtirmoqda.
Daromad o‘sishiga NAND flesh-xotiralari va displeylarning yaxshi sotilishi imkon yaratmoqda.
FnGuide tomonidan o‘tkazilgan tahlilchilar so‘rovi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor kompaniyaning uchinchi choragidagi operatsion daromadini 7,67 trillion vona atrofida prognoz qilayotgan edi.
Izoh (0)