Grozniydagi “Axmat” jang klubi Rossiya MMA uyushmasi prezidenti Fyodor Yemelyanenko bilan munosabatlariga oydinlik kiritib olishga tayyor ekani haqida klub matbuot xizmati boshlig‘i Adam Ahmadov ma’lum qildi.

Foto: Tornadoclub.org

Foto: Tornadoclub.org

“Sports.ru” gap Yemelyanenkoning aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilgani borasida ketayotganiga oydinlik kiritgan.

“Modomiki biz qonundan tashqariga chiqmayotgan ekanmiz, bu kabi turnirlarni o‘zimiz istagan formatda o‘tkazishda davom etamiz. Fyodor Yemelyanenko esa biz bilan uchrashish istagida bo‘lsa, klub rahbariyati bunga qarshi emas”, — degan Adam Ahmadov.

“O‘z noroziligini bildirishni aynan u boshladi, biz emas. Biz bu kelishmovchilikni tugatishga tayyormiz. Agar Yemelyanenko uzr so‘rasa, biz uni qabul qilamiz”, — deb so‘zini yakunladi Ahmadov.