Ishan Pandita Yevropaning top-5 chempionatida to‘p suradigan birinchi hindistonlik futbolchiga aylandi. Bu haqda The Indian Express’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Pandita Ispaniya Primerasi ishtirokchisi – “Leganes” klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. 18 yoshli futbolchi klubning yoshlar jamoasida to‘p suradi.
Hindistonlik futbolchi bundan avval “Kashmir” jamoasi a’zosi bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, “Leganes” 2015/16-yilgi mavsumda Segundada ikkinchi o‘rinni egallab, Primeraga yo‘l olgandi.
Ispaniya chempionati 7-turidan so‘ng “Leganes” 10 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda.
Izoh (0)