Mali shimoli-g‘arbidagi Timbuktu shahri yaqinida 5-oktabr, chorshanba kuni Qurolli kuchlar avtomobilining minada portlab ketishi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana ikki nafari og‘ir jarohat oldi. Bu haqda Agence France-Presse ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa Duensa va Bambara-Maude aholi punktlari o‘rtasida, Timbuktuni janubiy hududlar bilan bog‘lovchi trassada yuz berdi.
Kuch tuzilmalari vakillarining so‘zlariga qaraganda, portlovchi qurilma masofadan turib boshqarilgan. Ular qo‘poruvchilik harakati ijrochilarini qidirish bo‘yicha operatsiya boshlanganligini ma’lum qildi.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtlarda Malida konvoy va patrullarga hujum qilish holatlari ko‘paygan.
Izoh (0)