Yangicha qarash. Yangi texnologiyalar. Innovatsion loyihalar.
O‘tgan oy mamlakatning axborot va kommunikatsiyalar sohasida voqealarga boy tarzda o‘tdi. Ulardan asosiylaridan biri axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi bo‘ldi. Huawei kompaniyasi, mazkur maydonchaning ahamiyatini inobatga olgan holda, bu yil shunchaki ishtirok bilan cheklanib qolmaslikka qaror qilib, Haftalikning muhim tadbirlari homiysiga aylandi.
HAINA loyihasi — kadrlarni tayyorlashda yangicha yondashuv
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi 19-sentabrda ish boshladi. Uning ochilishi kuni Huawei kompaniyasi o‘zinining HAINA yangi ilmiy-ta’lim loyihasi — Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasini ishga tushirganini e’lon qildi. Akademiya Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ish olib boradi. U kelgusida O‘zbekistonning AKT va telekommunikatsiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bazasiga aylanadi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishga tushirildi va shunisi bilan ahamiyatliki, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti qoshida axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni sertifikatsiyalash Markazi yaratiladi. Akademiya AKT sanoati va ushbu yo‘nalishda ishlash va o‘sishni istagan umidli mutaxassis yoshlar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Loyiha quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: a) mamlakatning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish; b) AKT sohasidagi iqtidorli mutaxassislarni hamkorlikda rivojlantirish; v) AKT sanoatini ilgari surish; g) iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
“Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O‘zbekistonning 25 yilligiga Akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni maqsad qilgan edik. Biz va’damizning ustidan chiqqanimiz hamda AKT va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida interaktiv dasrlarni o‘tkazish uchun ‘aqlli’ sinfxonani yaratganimizdan juda faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg‘araz sheriklik dasturi bo‘lib, yosh mutaxassislar uchun Huawei sertifikatlangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va kasb-hunar kollejlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Huawei’ning O‘zbekistondagi bosh direktori Van Pen.
ICTSummit 2016 — innovatsiya g'oyalari uchun maydoncha
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Huawei kompaniyasi ICTWeek ishtirokchisi bo‘lish bilan birga, Haftalik doirasida bo‘lib o‘tgan bir qator tadbirlarning homiysiga aylandi, tashkilotchilar bilan hamkorlik qildi. Ulardan biri 20-sentabrda xalqaro biznes markazida o‘tkazilgan ICTSummit 2016 tadbiri bo‘ldi. Tadbir jamoatchilikni axborot kommunikatsiyalari bozoridagi yangiliklar bilan tanishtirish, keng polosali texnologiyalar mavzusini rivojlantirish, xorijiy ekspertlarning AKT sanoatida tajriba almashishiga qaratilgan.
“Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 16 yildan buyon ishlab kelar ekan, mamlakatdagi telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz O‘zbekistonda nafaqat mobil operatorlar uchun samarali va sifatli baza stansiyalarini, balki internet sanoatining rivojlanishiga yordam berayotgan yangi avlod smartfonlarini ham taqdim etmoqda. Biz zamon bilan hamnafas holda odimlamoqdamiz, chunki bozorni rivojlantirmay turib top-kompaniya darajasigacha o‘sish mumkin emas. Shuning uchun ushbu tadbirning homiysi sifatida bozorning barcha ishtirokchilarini O‘zbekiston yuqori texnologiyali loyihalar mamlakatiga aylanishi uchun yangi g‘oyalar, investitsion loyihalar va innovatsion texnologiyalari bilan o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiraman”, — deya ushbu tadbirga izoh berdi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining jamoatchilik va davlat idoralari bilan ishlash departamenti direktori Davron Azizov.ICT Expo 2016 da Huawei stendiga eng ko‘p odam tashrif buyurdi
ICT Expo 2016 ko‘rgazmasi Haftalikning eng muhim tadbirlaridan biridir. Unda ishtirok etishga Kompaniya har galgidek yorqin va kreativ tarzda yondashdi. Stendning o‘ziga xos jihati kompaniyaning inqilob yaratgan flagmani — Huawei P9 smartfoni bo‘ldi. Unga “dunyoning yangi mo‘jizasi” deb ta’rif berishdi. Huawei P9 — bu quvvatli, o‘ta yupqa, sakkiz yadroli innovatsion smartfon. Huawei P9 nafaqat hayratlanarli tashqi ko‘rinishga, balki kreativ foydalanuvchilar uchun a’lo xususiyatlarga ham ega. Kameraning yangi funksiyalariga past yoritish sharoitlarida tasvirga olish, nur bilan chizma, sifatli selfi hamda 13 Mp va 8 Mp sensorlar bilan birga masofadan turib tasvirga olish ham kirib, ular smartfonni ijod uchun noyob vositaga aylantiradi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi tashrif buyuruvchilarning e’tiboriga bir qator texnologik loyihalarni, P va Mate turkumidagi yuqori sifatli smartfonlarni ham havola qildi. Yangi loyihalar ham diqqat markazida bo‘lib, ularning muhim sohalarda tadbiq etilishi axborot almashish sifatini va zaxiralarni boshqarish samaradorligini yaxshilash imkoniyatini beradi. Ushbu ilg‘or loyihalarning namoyishi hamda taniqli shaxslarning ishtirokidagi ko‘psonli va yorqin taqdimotlar evaziga Huawei stendi eng ko‘p tashrif buyurilgan stend deb e’tirof etildi. Bu tashkilotchilar tomonidan tadbir yakunlari bo'yicha ham ta’kidlandi.
“Kompaniyamiz O‘zbekiston bozori uchun har yili o‘zi ishlab chiqargan eng ilg‘or texnologiyalarni taqdim etib kelmoqda. Asosiy maqsad mamlakatimiz aholisiga mahsulotlarimizning innovatsiyaviyligi va ochiqligini ko‘rsatishdir. Bu yil O‘zbekiston Milliy boks federatsiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolanganidan xursandmiz. Endi chempionlarimiz o‘z g‘alabalari bilan birga Huawei brendini ham namoyish etadi. Bundan tashqari, afsonaviy va eng mashhur FIFA referisi Ravshan Ermatov kompaniyaning rasmiy qiyofasi aylandi. Bu biz uchun katta sharafdir”, — deya ta’kidladi Huawei’ning O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.
Bulut barchaga yetadi. Huawei kompaniyasi bulutli texnologiyalarning innovatsiya markazini ishga tushirdi
23-sentabrda poyxatimizda Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi mijozlar va hamkorlar uchun bulutli texnologiyalarning innovatsion Markazini ochdi. Huawei CSIC — Client Solution Innovation & Integration Experience Center deb nomlangan Markaz Markaziy Osiyoda o‘ziga xos va yagonadir.Uning maqsadi global hamkorlar bilan birgalikda biznesni olib borish uchun bulutli platformani yaratishdan iborat bo‘lib, unda Huawei lokal yaxlit tarmoqlarning yangi avlodini yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z tajribasi bilan almashadi. AKT sohasi talablaridan kelib chiqqan holda kompaniya AKT sohasidagi so‘nggi mahsulotlar va loyihalarni namoyish etadigan “shou-rum”ni yaratdi.
“Ta’kidlashni istardimki, bulutli texnologiyalar markazining ochilishi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICT Week Uzbekistan 2016 Haftaligi yopilishiga bag‘ishlandi va kompaniyamiz tomonidan Haftalik doirasida tashkil etilgan yorqin voqealardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonda 16 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan va Xitoyning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Huawei O‘zbekistonda AKTning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda”, — deb ta’kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori o‘rinbosari janob Genri Ming.
Yuqori texnologik markaz 190 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, “Aqlli uy", “Butunjahon foydalanish loyihasi — Giga”, “Raqamli operatsion transformatsiya”, “Bulutli transformatsiya”, “AKT sohasidagi korporativ loyihalar” va “Virtual reallik” kabi bir nechta ko‘rgazma stendlarini o‘z ichiga olgan.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.
Izoh (0)