O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix bugun — 6-oktabr kuni o‘zining 32 yoshini qarshi oldi, deb ma’lumot berdi O‘FF matbuot xizmati.
Tonggi badan tarbiya mashg‘ulotida Samvel Babayan boshchiligidagi milliy terma futbolchilari Geynrixni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan. Mazkur yig‘in doirasida jamoa uch kun muqaddam Server Jeparovga o‘zining sovg‘asini topshirgandi.
6-oktabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 3-saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)