Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares 2019-yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishga qarshi emas, agar uning yillik maoshi 16 million yevroga qadar oshirib berilsa.
Braziliyalik hujumchi Neymar “Barselona”dan yiliga 16 million oladi. Lionel Messida bu ko‘rsatkich 21,2 millionni tashkil qiladi. Suares esa 2019-yilga qadar 10 millionlik maoshga qo‘l qo‘ygan.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Neymar 5 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Suaresda esa bu ko‘rsatkich 7 ta o‘yinda 5 ta gol, deb yozdi “Chempionat”.
Izoh (0)