Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Vladimir Vayss Bratislavada hibsga olindi. Endilikda uning JCh—2018 doirasidagi ketma-ket ikki saralash o‘yinida ishtirok eta olmasligi haqida “Sport-Ekspress” Daily Record nashriga asoslanib xabar berdi.
Qatarning “Al-Garafa” klubi a’zosi hisoblangan Vayss Bratislavada spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini tekshiruvchi yo‘l nazorati testidan o‘tishdan bosh tortgani uchun politsiya tomonidan hibs etilgan.
“Uning aybdor yoki yo‘qligi ahamiyatli emas. Aytishim mumkin bo‘lgani — u keyingi ikki o‘yinda maydonga tushmaydi. Biz bo‘lajak uchrashuvlarga tinch atmosferada tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Vayss biz uchun eng kerakli futbolchilardan biri, ammo Slovakiyada usiz ham iqtidorli futbolchilar yetarli”, — deb intervyu bergan Slovakiya termasi bosh murabbiyi Yan Kozak.
Ma’lumot uchun, Vladimir Vayss 2015-yilning 3-mart kuni Qatarning “Lahviya” klubi safida “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushgan hamda “qaldirg‘ochlar”ning besh nafar futbolchisidan o‘tib ketib, darvozani ishg‘ol qilgandi.
Izoh (0)