Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi, ayni damda Qatarning “As-Sadd” klubi a’zosi Xavining fikricha, “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu 2016-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish uchun favorit bo‘lib turibdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Krishtianu Ronaldu bu yil g‘alaba qozonish uchun ajoyib statistikaga ega. U Chempionlar Ligasi va Yevro–2016 da g‘olib bo‘ldi. Shunga qaramay, ‘Oltin to‘p’ uchun kurash oson bo‘lmaydi. Messi Ronalduga jiddiy raqobat ko‘rsatadi”, – dedi Xavi.
Izoh (0)