O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri, general-polkovnik Zokir Hasanov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik hamda boshqa masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)