Microsoft 2015-yil ichida Yevropadagi “bulutli” serverlari quvvatini ikki marta oshirdi, mintaqada bulutli texnologiyalarni rivojlantirish uchun kiritilgan jami investitsiyalar hajmi esa 3 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” kompaniya rahbari Satya Nadellaga tayanib.
2017-yilda kompaniya Fransiyada qator data-markazlarni ochmoqchi, u yerdan yevropalik mijozlarga Office 365 va Microsoft Azure kabi mahsulotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. “Qo‘shimcha data-markazlar Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Irlandiya, Avstriya va Finlyandiyada quriladi”, — dedi Nadella, u ayni paytda Yevropada bo‘lib, kompaniyaning Yevropadagi asosiy vakolatxonalariga tashrif buyurmoqchi.
Microsoft bulutli xizmatlarni faol ravishda rivojlantirmoqda hamda Yevropa va jahon bozorida uch marta ko‘proq ulushga ega Amazon’ga raqobatchilik qilmoqchi.