XX asr o‘rtalarida Ispaniyada “Kastelyers de Vilafranka” uyushmasiga asos solindi, u o‘z oldiga qadimiy Kataloniyaga xos Ball de Valencians (“Valensiya raqsi”) an’anasini qayta tiklash maqsadini qo‘ygan edi, deb yozadi National Geographic. Tashkilotning bosh qarorgohi Vilyafranka-del-Penedes shahrida joylashgan: bu jonli minoralar qurish uchun ataylab moslashtirilgan binodir.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

“Kastelyers de Vilafranka”ning faoliyati Kataloniya madaniyatini saqlab qolish va targ‘ib qilishga yordam berdi. Bu o‘z navbatida dunyoning turli mamlakatlaridagi tashabbuskorlarni o‘ziga jalb qildi, endilikda ular ikki yilda bir marta Tarragonadagi Concurs de Castells festivalida to‘planadi.

Muayyan rangda libos kiyib olgan har bitta jamoa eng baland “jonli” minora qurish bo‘yicha musobaqalashadi. Har bitta konstruksiyani barpo etishda 500 nafargacha kastelyer qatnashadi; tadbirda ko‘pincha ishtirokchilar jarohat oladi. “Odamlar minorasi”ni qurish bo‘yicha navbatdagi tadbir 1—2-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Yorqin tomoshani ko‘rish uchun 25 ming kishi tashrif buyurdi, yana 750 ming kishi hodisani televizor orqali kuzatdi.