Suriyaning Aleppo shahrida 23-sentabrdan 2-oktabrga qadar bo‘lgan vaqt ichida 342 kishi, shu jumladan, 106 bola o‘ldirildi. Bu haqda, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Fadela Shaibning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Hisobot davrida o‘ldirilgan 342 kishining 106 nafari bolalardir”, — ma’lum qildi u Jenevada o‘tkazilgan brifingda.
Shuningdek, Shaib xonimning bildirishicha, shu davr ichida 1129 kishi, jumladan, 261 bola yaralangan.
Bu raqamlar faqatgina amaldagi sog‘liqni saqlash muassasalari taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanadi. Real raqamlar bundan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)