Xitoyda “816-raqamli atom zavodi” obyekti maxfiylikdan chiqarilib, unga turistlar taklif etildi. Bu haqda, The South China Morning Post nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Obyekt mamlakat janubi-g‘arbidagi Chunsin shahrida joylashgan. U bir yillik restavratsiya ishlaridan so‘ng tashrifchilar uchun ochildi.
Yer osti majmuasi o‘z ichiga 20 kilometr tunnellarni oladi, bu tunnellar 18 xonani birlashtiradi. Ulardan biri 80 metr balandlikka ega bo‘lib, dunyodagi eng katta yer osti xonasi hisoblanadi.
Zavod bo‘ylab sayr qilish 3 soat vaqt oladi. Adashib qolmaslik uchun tashrifchilar gidning ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishi talab etiladi.
Izoh (0)