30-sentabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida Yevropa tillari kuni nishonlandi, deb yozadi UzDaily.
Yevropa tillari kuni O‘zbekistonda to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda.
Joriy yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tadbirida Toshkent oliy ta’lim muassasalari, litsey va kollejlarining chet tili o‘qituvchilari hamda chet tillarini o‘rganayotgan talabalar, turli mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchixona va madaniy markazlari vakillari ishtirok etdi.
Bayramni nishonlash doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va maktablari orasida Yevropa tillari kuniga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi va finalga chiqqan ishtirokchilarning ishini tomosha qilish tadbirning eng qiziqarli va kutilgan qismi bo‘ldi.
Tadbirda elchixona va madaniy markazlar tashrif buyuruvchilarning e’tiboriga interaktiv ko‘rgazmani taqdim etdi.
Izoh (0)