Saudiya Arabistoni hukumati neft narxi tushishi munosabati bilan qabul qilingan moliyaviy islohotlar doirasida 1-oktabrdan grigorian yil hisobiga o‘tishga qaror qildi. Bu haqda, The Independent nashriga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish tufayli davlat xizmatchilari pul to‘lanadigan 11 ish kunini yo‘qotadi.
Saudiya Arabistonida mamlakatga asos solingan 1932-yildan buyon hijriy qamariy taqvimidan foydalanilib kelinar edi.
Izoh (0)