Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turida Madridning “Real” klubi 2 ochko yo‘qotdi. “Santyago Bernabeu”da “Eybar”ni qabul qilgan Zidan jamoasi 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mavsumni ketma-ket 4 ta g‘alaba bilan boshlagan “Real” so‘nggi ikki turda “Vilyarreal” va “Las-Palmas” klublarini ham mag‘lub eta olmagandi. Shuningdek, Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida Dortmundda ham 2 ochko boy berilgandi.

“Real”ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan “Atletiko” turnir jadvalida to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Valensiya” maydoniga tashrif buyurgan Simeone jamoasi 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi.

Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya” darvozasini penaltidan ishg‘ol qila olmagan Antuan Grizmann “Valensiya”ga qarshi o‘yinda ham 11 metrlik imkoniyatni ko‘kka sovurdi. 69-daqiqada belgilangan penaltiga esa Grizmann yaqinlashgani yo‘q. Bu vazifani ado etgan Gabi ham darvozabon Diyego Alves bilan duelda yengildi.

Avvalroq Diyego Alves penalti qaytarish borasida La Liganing eng yaxshi posboni bo‘lib olgandi. “Atletiko”ga qarshi o‘yinda esa u o‘z muvaffaqiyatlarini yana ikkitaga yaxshilab oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

7-turda “Barselona” 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, ochkolar soni bo‘yicha Madrid jamoalaridan ilgarilab ketadi.

Ispaniya La Ligasi 7-tur uchrashuvlari 30-sentabr, juma

“Real Sosyedad” — “Betis” 1:0

Gol: Karlos Vela, 63 (1:0).

1-oktabr, shanba

“Granada” — “Leganes” 0:1

Gol: Aleksandr Shimanovski, 76 (0:1).

“Sevilya” — “Alaves” 2:1

Gollar: Vissam Ben-Yedder, 74 (1:0). Viktor Laguardiya, 84 (1:1). Vissam Ben-Yedder, 90+1 (2:1).

“Osasuna” — “Las-Palmas” 2:2

Gollar: Roberto Torres, 7-pen (1:0). Serxio Leon, 45+2 (2:0). Visente Gomes, 57 (2:1). David Garsiya, 90+1 (2:2).

“Deportivo” — “Sporting” 2:1

Gollar: Selso Borxes, 35 (1:0). Serxio Alvares, 65 (1:1). Rayan Babel, 90+2 (2:1).

2-oktabr, yakshanba

“Valensiya” — “Atletiko” 0:2

Gollar: Antuan Grizmann, 63 (0:1). Kevin Gameyro, 90+3 (0:2).Noaniq penaltilar: Antuan Grizmann, 44 (A). Gabi, 69 (A).

“Real” — “Eybar” 1:1

Gollar: Fran Riko, 6 (0:1). Garet Beyl, 17 (1:1).

“Malaga” — “Atletik”“Espanyol” — “Vilyarreal”“Selta” — “Barselona”

Foto: Livescore.in

Foto: Livescore.in

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Malika Diananing ko‘ylagi Sotheby’s auksionida rekord narxga sotildi
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Dunyo
Pokistonda masjiddagi portlash qurbonlari soni qariyb 60 kishiga yetdi (foto)