Polkovnik Azamat O‘roqov Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda, “Na postu” nashriga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Boshqarmaning ilgarigi rahbari Saidakbar Po‘latov O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 18-sentabrdagi poytaxt tumanlari bo‘ylab uyushtirgan safaridan so‘ng tuman hokimi bilan birgalikda ishdan bo‘shatilgan edi.
Shuningdek, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Boymirza Usmonov tayinlandi.
Izoh (0)