1-oktabr, shanba kuni 60 yoshga to‘lgan Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Margaret Tetcher davridan buyon eng keksa bosh vaziri bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Tetcher iste’foga 65 yoshda chiqqan, Jon Meyjor va Toni Bler Dauning-stritdagi qarorgohni 54 yoshda, Gordon Braun 59 yoshda, Devid Kemeron esa 49 yoshida tark etgan edi.
Mey tug‘ilgan kunini 2-oktabr, yakshanba kuni Birmingemda ochilishi kutilayotgan partiya konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bilan o‘tkazishi taxmin qilinmoqda. Unda Mey ilk bor vazirlar mahkamasi rahbari sifatida chiqish qiladi.
Bosh vazir devonining ma’lum qilishicha, Meyning yubileyi — 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan hech qanday ommaviy tadbir rejalashtirilmagan.
Izoh (0)