Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida 19 kishini o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan oldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, provinsiyaning Xuetsze uyezdida joylashgan Yema qishlog‘ida 19 kishi o‘ldirib ketilgan edi. Jinoyatni sodir etgan, 1989-yili tug‘ilgan Yan Sinpey voqea joyidan 200 kilometr narida — provinsiya markazi Kunmin shahrida qo‘lga olindi.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, gumondor ota-onasi bilan pul tufayli janjallashib qolgan. Yan ota-onasini o‘ldirgan, so‘ng, guvohlar borligidan cho‘chib, 17 qo‘shnisini o‘ldirgan. Ular orasida uch nafar bola ham borligi aytilmoqda.
Jinoyatni fosh etishga politsiya 33 soat sarfladi. Jinoyatchi aybini tan oldi.
Izoh (0)