Rossiyaning federativ subyekti sanalgan Kareliya respublikasi Esterlo qishlog‘ida 8 yoshli bolakay Chevrolet Lacetti avtomobilini olib qochib, Toyota Land Cruiser Prado mashinasiga borib urildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 yoshli bolakay kechki payt qishloqda sayr qilib, mahalliy fuqaroga tegishli ochiq qolib ketgan Chevrolet Lacetti avtomobiliga e’tibor qaratgan. U mashina eshigini ochib, rulga o‘tirgan hamda dvigatelni ishga tushirgan.
Harakat vaqtida bolakay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Toyota Land Cruiser Prado yo‘ltanlamasi bilan to‘qashgan va qo‘rqqanidan yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joydan qochib ketgan.
Xabarda qayd etilishicha, YTH oqibatida har ikki avtomobilga zarar yetgan. Voyaga yetmagan haydovchi esa yengil jarohatlar olgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Bolakayning otasi “Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni ta’minlash va tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik” moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)