Kipr sudi mart oyida Egypt Air aviakompaniyasi samolyotini qo‘lga olgan fuqaro Sayfiddin Mustafoni Misrga ekstraditsiya qilish qaroriga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Taqdim etilgan dalillar asosida men 1996-yilgi ekstraditsiya kelishuvida ko‘rsatilgan barcha shartlarga rioya etilgan, degan qarorga keldim”, — ma’lum qildi ishni ko‘rib chiqqan sudya Dona Konstantina AFP’ga bergan intervyusida.
Sayfiddin Mustafoning advokatlari u Misr hukumatining siyosiy muxolifi ekanligini, shu bois Kiprdan boshpana so‘raganini uqtirmoqda. Ularning fikricha, Mustafo vatanida adolatli sud qilinmaydi.
29-mart kuni Sayfiddin Mustafo Egypt Air samolyotini garovga olib, uni Kiprga qo‘nishga majbur qilgan edi. Bu yerga yetib kelgach, u Kipr rasmiylaridan siyosiy boshpana so‘ragan edi.
Izoh (0)