Polshalik tadqiqotchi Kshishtof Starnavski o‘z jamoasi bilan birgalikda dunyodagi eng chuqur suv osti g‘orini aniqlaganini ma’lum qildi. G‘or Chexiyaning Granitse shahri yaqinida aniqlandi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Tadqiqotchining so‘zlariga qaraganda, g‘or chuqurligi 404 metrni tashkil etadi.
Shu paytga qadar Italiyadagi Potsso del Merro eng chuqur suv osti g‘ori hisoblanar edi.
Speleolog ushbu g‘orni 1998-yildan boshlab o‘rganib kelmoqda.
Izoh (0)